Bozor va sanoat
Yetkazib berish geografiyasi 14 viloyatga kengaydi
Qoraqalpog'iston va Xorazm bo'yicha yangi distribyutor shartnomalari imzolandi.
Yangi shartnomalar bilan kompaniya mahsulotlari respublikaning barcha viloyatlarida mavjud bo'ladi. Hududiy omborlar soni beshtaga yetkazildi.
Sovuq zanjir talab qiladigan pozitsiyalar uchun alohida logistika sxemasi ishlab chiqildi va harorat monitoringi joriy etildi.
